Rossiyaning Tomsk viloyatidagi yetakchi tadbirkorlar biznes-missiya bilan O'zbekistonda bo'ldi
May 05, 2025. 14:12 • 48 soniya
• 92
TOSHKENT, 5-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiyaning Tomsk viloyati tadbirkorlarining yurtimizga biznes-missiyasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Biznes-missiya O'zbekiston va Rossiya hududlararo savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida uyushtirildi.
Safar davomida Tomsk viloyatining yetakchi kimyo va neft sohasiga ixtisoslashgan kompaniya rahbarlari va O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish yuzasidan muzokaralar o'tkazildi. Muzokaralar natijasida joriy yilning iyun oyida Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha "yo'l xaritasi"ni imzolashga kelishib olindi.
Shuningdek, Tomsk viloyati ishbilarmon doiralari vakillari "O'zkimyosanoat", "O'zbekneftegaz", "ERIELL", va "SANEG" kabi yetakchi korxonalarining iqtisodiy salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniyalar mutasaddilari bilan bo'lib o'tgan muloqotlar chog'ida esa o'zaro hamkorlikning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Bosh konsulxona ma'lumotiga ko'ra, bugungi kunda O'zbekiston Tomsk viloyatining asosiy tashqi iqtisodiy sheriklaridan biri hisoblanadi. Rossiyaning ushbu hududidan O'zbekistonga yog'och, mashinasozlik va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi