Xitoyning Guandun provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari Samarqand viloyatida samarali muzokaralar o'tkazdi
Oktabr 03, 2024. 07:27 • 59 soniya
• 215
GUANCHJOU, 3-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi ko'magida Xitoyning Guandun provinsiyasidagi "NOVA International Belt and Road Platform" uyushmasi asoschisi va raisi Yu Ting boshchiligidagi delegatsiyasining O'zbekistonga biznes-missiyasi uyushtirildi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri. 
Safar davomida Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari Samarqandda qator mahalliy ishlab chiqarish majmualari faoliyati bilan tanishdi, viloyat hokimligida, Pastdarg'om tumani hokimligida va salohiyatli investitsiya loyihalar tashabbuskorlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi. Bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida hamkorlik rishtalarini o'rnatish to'g'risidagi dastlabki kelishuvlar imzolandi.
Xususan, Samarqandda shahrida va Pastdarg'om tumanida o'tkazilgan biznes-forum hamda B2B shaklidagi uchrashuvlar yakunida to'qimachilik, mebelsozlik, tibbiyot, elektrotexnika sanoati, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish, shuningdek "Xitoy tili markazi"ni tashkil etish bo'yicha 14 ta memorandum imzolandi.
Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari bilan kechgan uchrashuvda hududiy investitsiyaviy loyihalar tashabbuskorlari bilan hamkorlikda amaliy natijalariga erishish, ikki tomonlama biznes-missiyalarni amalga oshirish, Xitoyning janubiy provinsiyalarida viloyatda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar namoyishini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, safar davomida "NOVA International Belt and Road Platform" uyushmasi rahbari va delegatsiya a’zolari viloyatdagi 24-sonli maktab o'quvchilariga 1000 ga yaqin badiiy va ilmiy kitoblarni sovg'a qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi