Logo

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi vatandoshlarimiz huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi

Oktabr 10, 2025. 18:08 • 27 soniya

85
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi vatandoshlarimiz huquqlarini himoya qilish kuchaytiriladi

SANKT-PETERBURG, 15-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Sankt-Peterburg shahri Inson huquqlari bo'yicha vakili Svetlana Agapitova bilan uchrashdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida Rossiya migratsiya qonunchiligidagi o'zgarishlar va ularning amaliyotda qo'llanilishi, vatandoshlarimiz duch kelayotgan muammolar xususida fikr almashildi.

Sankt-Peterburgda vaqtincha ishlayotgan O'zbekiston fuqarolarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy moslashuv jarayonlarini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish muhimligi ta'kidlandi.

Muloqot oxirida birgalikda O'zbekiston fuqarolari mehnat faoliyatini amalga oshiradigan yirik korxonalarda huquqiy mavzulardagi tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish