Logo

Shvetsiya ommaviy axborot vositalari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida yozmoqda

Fevral 29, 2024. 19:17 • 2 daq

111
Shvetsiya ommaviy axborot vositalari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida yozmoqda

STOKGOLM, 4-mart. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyaning "Cawa Media" axborot agentligi va "Diplomaticworld.se" saytida "Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlandi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrlarda ma'lum qilinganidek, joriy yilning 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) bo'lib o'tadi.

"O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma'lumotiga ko'ra, TXIF – bu nafaqat O'zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. An'anaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bag'ishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari kiritilgan", — deyiladi nashrlarda.

Ta'kidlanishicha, forum kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik fonida barqaror o'sish sur'atlarini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan O'zbekistonning salohiyatini namoyon etish alohida o'rin tutadi.

«Mazkur anjumanda ishtirok etish uchun www.iift.uz sayti orqali 2024-yil 25-aprelgacha onlayn ro'yxatdan o'tish mumkin», — deb yozgan Shvetsiya OAV.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish