Logo

Polshaning Koshalin shahri va Namangan o‘rtasida yangi iqtisodiy aloqalar o‘rnatilmoqda

Aprel 19, 2026. 19:00 • 2 daq

150
Polshaning Koshalin shahri va Namangan o‘rtasida yangi iqtisodiy aloqalar o‘rnatilmoqda

VARSHAVA, 21-aprel. /“Dunyo” AA/. Polshaning “Ekoszalin” nashrida Koshalin shahri delegatsiyasining O‘zbekistonga amalga oshirgan xizmat safariga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada yozilishicha, delegatsiya aʼzolari qator uchrashuvlarda ishtirok etib, O‘zbekiston–Polsha o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

Koshalin shahar meri Tomash Soberay boshchilik qilgan safar davomida Namangan viloyati rahbariyati, jumladan, hokim Shavkat Abdurazzoqov hamda mahalliy idoralar vakillari bilan turli muloqotlar tashkil etilgan.

Suhbat jarayonida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning aniq yo‘nalishlari belgilab olindi. Shuningdek, delegatsiya hududning iqtisodiy salohiyatini o‘rganish uchun mahalliy korxonalarga tashrif buyurib, tadbirkorlar bilan muloqot qildi.

Chust shahriga alohida eʼtibor qaratildi. U yerda polyak vakillari zamonaviy ishlab chiqarish bilan birga milliy hunarmandchilik anʼanalari bilan ham tanishdi.

O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan tashrif doirasida tomonlar hamkorlikni yana-da kengaytirish, sheriklik asosida yangi loyihalar ishlab chiqish borasida fikr-mulohaza almashgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish