Logo

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o'qituvchilari Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim muassasasida malaka oshirdilar

Iyul 18, 2024. 11:13 • 35 soniya

128
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o'qituvchilari Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim muassasasida malaka oshirdilar

LONDON, 19-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariyati va professor-o'qituvchilari Buyuk Britaniyaning Portsmut universitetida malaka oshirdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Nazariy va amaliy mashg'ulotlar davomida Portsmut universitetining yetakchi professor-o'qituvchilari tomonidan ta'lim samaradorligini oshirish bo'yicha o'quv mashg'ulotlari olib borildi.

Mazkur malaka oshirish o'quvlari 2022-yilda imzolangan universitetlararo anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirilmoqda.

Portsmut universiteti 30 ga yaqin yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar, magistrlar va tadqiqotchilarni tayyorlaydigan Buyuk Britaniyadagi nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet 2024-yil holatiga ko'ra, QS reytingida 631-o'rinda qayd etilgan. Bugungi kunda mazkur oliy ta'lim bilim yurtida salkam 30 ming talaba tahsil olmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish