O'zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlari Polsha kompaniyalari nigohida
Avgust 08, 2024. 17:37 • 34 soniya
• 124
VARSHAVA, 8-avgust. "Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o'rinbosari Alisher Miraliyev va Polshaning "Elzat" kompaniyasi boshqaruv raisi Agneshka Klasa o'rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Onlayn muloqotda, shuningdek, O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev va diplomatik vakolatxona xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida O'zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlari haqida batafsil so'zlab berildi.
Tomonlar "Elzat" kompaniyasining mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Muzokaralar yakunida polyak kompaniyasi delegatsiyasining O'zbekistonga ishchi safarini tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.
Polshaning yirik "Elzat" kompaniyasi "Voltex Group" tarkibiga kiradi. Kompaniya elektr tarmoqlari va qurilmalarini rivojlantirish uchun investitsiyaviy yechimlarini taqdim qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi