Logo

Ulan-Ude-Toshkent yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri aviareyslar yo'lga qo'yiladi

Oktabr 17, 2025. 17:44 • 48 soniya

74
Ulan-Ude-Toshkent yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri aviareyslar yo'lga qo'yiladi

ULAN-UDE, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning "Centrum Air" xususiy aviakompaniyasi shu yilning 30 oktyabr sanasidan boshlab Ulan-Ude-Toshkent yo'nalishi bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri aviareyslarni yo'lga qo'yadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Parvozlar haftada bir marta payshanba kuni "Airbus A320" samolyotida amalga oshiriladi.

Buryatiya poytaxtidagi "Baykal" aeroporti rahbariyatining ta'kidlashicha, Toshkent Markaziy Osiyoda jadal rivojlanayotgan aviatsiya markazi sifatida alohida qiziqish uyg'otadi. U Bangkok, Seul, Guanchjou, Tbilisi va Dubay kabi mashhur yo'nalishlarga qulay ulanish reyslarini taklif etadi.

Yangi yo'nalish Buryatiya poytaxtidan xalqaro reyslar geografiyasini kengaytirib, respublika aholisiga qo'shimcha sayohat imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, ochilayotgan havo qatnovlari O'zbekiston va Buryatiya o'rtasidagi o'zaro sayyohlik oqimini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ulan-Ude-Toshkent o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri havo qatnovini ochish imkoniyati shu yil 22 may kuni Ulan-Ude shahrida Buryatiya Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat vaziri Amgalan Darmayev boshchiligida O'zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli ishtirokida bo'lib o'tgan Buryatiya hukumatining kengaytirilgan yig'ilishida muhokama qilingan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish