Logo

Toshkent shahrida O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi o'tkazildi

Iyun 25, 2025. 10:58 • 56 soniya

96
Toshkent shahrida O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi o'tkazildi

TOSHKENT, 25-iyun. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Biznes-forum O'zbekiston-Malayziya biznes alyansi, O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida Malayziya Bosh vaziri o'rinbosari - energetika va suv transformatsiyasi vaziri Fadillah bin Yusuf hamda O'zbekiston Bosh vaziri o'rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo'chqorov ma'ruza qildilar.

Tadbirda Malayziyaning rasmiy idoralari, "FIVE Petroleum Malaysia", "Next Green Global", "KK Group", "N.U.R. Power" kabi salohiyatli kompaniyalari, O'zbekiston tomonidan "O'zavtosanoat" AJ, "O'zelektroapparat", "Toshkent tarktor zavodi", "Global Textile" kabi yirik korxonalar vakillari qatnashdi.

Forum davomida biznes va davlat vakillari o'rtasida B2B va B2G shaklidagi uchrashuvlar o'tkazildi. Muzokaralar davomida bir qator investitsiya va savdo kelishuvlariga erishildi va muhim hujjatlar imzolandi.

O'zbekiston-Malayziya biznes alyansi 2024-yil 5-iyulda mamlakatimizning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh malayziyalik ishbilarmon doira vakillari tashabbusi tashkil etilgan. Nodavlat tashkilot hisoblangan mazkur Alyansning asosiy vazifalariga har ikkala mamlakat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va boshqa sohalardagi o'zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirish, malayziyalik va o'zbekistonlik tadbirkorlarga yaqindan ko'mak berish kiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish