Logo

Toshkent va Abu-Dabi shaharlari o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

May 05, 2025. 15:18 • 52 soniya

96
Toshkent va Abu-Dabi shaharlari o'rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko'tariladi

ABU-DABI, 5-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov Abu-Dabi shahar Munitsipalitet va transport departamenti raisi Muhammad Ali ol Shorafa bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida O'zbekistonning ochiq iqtisodiy siyosati va yurtimizda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi. Toshkent va Abu-Dabi shaharlari o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha anglashuv memorandumini imzolash taklif etildi.

Muxammad Ali ol Shorafa o'z navbatida, ikki davlat rahbarlarining yaqin munosabatlarini qayd etgan holda O'zbekiston bilan hamkorlikni barcha yo'nalishlarda yana-da rivojlantirishga o'z hissasini qo'shishga tayyorligini bildirdi.

 Tomonlar ikki davlat o'rtasida sayyohlar oqimi yana-da ko'paytirish, o'zaro savdo aloqalarini rivojlantirish, xususan, yuk tashish imkoniyatlarini yana-da kengaytirish xususida fikr almashdilar.

"Etihad Airways" va "Uzbekistan Airways" aviakompaniyalari tomonidan Abu-Dabi-Toshkent yo'nalishida aviaqatnovlarni yo'lga qo'yish bo'yicha imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratildi. 

Yo'lovchi va yuk tashish borasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish uchun mazkur aviakompaniyalar vakillari o'rtasida onlayn muzokaralar uyushtirishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida BAA vakili joriy yilning 10-12-iyun kunlari bo'lib o'tadigan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumiga taklif etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish