O'zbekiston sog'liqni saqlash xodimlari uchun Xitoyda malaka oshirish kurslari tashkil etildi
Iyun 03, 2025. 12:23 • 46 soniya
• 69
XANCHJOU, 3-iyun. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Chjeszyan provinsiyasining Xanchjou shahrida O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi vakillari uchun tashkil etilgan o'quv kurslarining yopilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo"AA muxbiri.

Tadbirda "Future Smile" xayriya jamg'armasi, Chjeszyan universiteti qoshidagi Bolalar shifoxonasi va "Sir Run Run Shaw" tibbiyot birlashmasi rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.
Jamg'arma prezidenti Maykl Vu o'z nutqida O'zbekiston bilan yaqin hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilganini va "Future Smile" tomonidan mamlakatimizga umumiy qiymati 50 ming AQSh dollari bo'lgan tibbiy asbob-uskunalar, bolalar kiyimlari va o'quv qurollari taqdim etilganini ma'lum qildi.
Shuningdek, u O'zbekiston hududida qo'shma loyihalarni amalga oshirish va yaqin fursatlarda O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolanishiga umid bildirdi.
Bundan tashqari, "Future Smile" xayriya jamg'armasi ko'magida joriy yilning ikkinchi yarmida Nukus shahrida xitoylik mutaxassislar bilan hamkorlikda bolalarda jarroh amaliyotlarini o'tkazish masalasini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi