O'zbekiston va Misr neft-kimyo va energetika sanoati sohalarida istiqbolli qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda
May 16, 2025. 12:49 • 38 soniya
• 95
QOHIRA, 16-may. /"Dunyo" AA/. "O'zbekneftgaz" AJ raisi Bahodirjon Sidiqov Misrning "Bell Energy" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Haytam Husayn bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston neft va gazi – OGU 2025" 27-xalqaro ko'rgazmasi hamda O'zbekiston xalqaro energetika forumi doirasida o'tkazilgan muloqot chog'ida tomonlar ishlab chiqarish obyektlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, innovatsion texnologik yechimlarni joriy etishga qaratilgan qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha hamkorlik imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar.
Muloqot davomida, shuningdek, neft-kimyo va energetika sanoati uchun ko'p tarmoqli loyihalash imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuv natijalari O'zbekistonda texnologik samaradorlikni oshirish, jarayonlarni takomillashtirish hamda neft va gaz sanoatini rivojlantirishda muhim qadam bo'lib xizmat qilishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi