Logo

O'zbekiston va Misr raqamli iqtisodiyot va sun'iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

Noyabr 11, 2025. 12:14 • 2 daq

104
O'zbekiston va Misr raqamli iqtisodiyot va sun'iy intellekt sohasida hamkorlikni rivojlantirmoqda

QOHIRA, 13-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Misrdagi elchixonasida raqamlashtirish sohasidagi yetakchi mahalliy kompaniya "EGYROBO" rahbari David Beshara bilan bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

2007-yilda tashkil etilgan "EGYROBO" kompaniyasi robot va avtomatlashtirilgan texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya dunyo miqyosida faoliyat yuritadi: Buyuk Britaniyada Londonning mashhur qizil avtobuslari uchun robototexnik tizimlarni ishlab chiqaradi. Saudiya Arabistonida haj va umra uchun VR-loyiha ustida ish olib bormoqda. Keniyada marshrut taksilari tizimini raqamlashtirish va transport xavfsizligini oshirish yo'nalishida islohotlarni amalga oshirmoqda. AQSh va Afrika mamlakatlarida transport tizimlarida sun'iy intellekt orqali xavfsizlik va xizmat sifatini nazorat qiluvchi intellektual platformalar yaratmoqda.

Uchrashuvda raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt va transport sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Bu borada ikki davlat o'rtasida tajriba almashish va birgalikda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Suhbatdosh o'z kompaniyasining 2009-yilda Yaqin Sharq va Afrikadagi yagona "KUKA" rasmiy tizim hamkoriga aylanganini ta'kidladi.

David Beshara O'zbekiston bilan iqtisodiy-ijtimoiy yo'nalishlar, sanoat, ishlab chiqarish va turli xizmatlar sohalarida raqamlashtirish, avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish, sun'iy idrok imkoniyatlarini oshirishga qiziqish bildirishini aytdi. Shu bois, mamlakatimizdagi ushbu sohada faoliyat yurituvchi davlat va xususiy kompaniyalar bilan aloqa o'rnatishda yordam so'radi.

Tadbirkor bilan axborot texnologiyalari, transport xavfsizligi, sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyot sohalarida hamkorlikni yo'lga qo'yish va kengaytirishga kelishib olindi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish