Logo

Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va Malayziyaning Perlis davlat universiteti o'rtasida qo'shma ta'lim dasturlari amalga oshiriladi

May 28, 2025. 11:50 • 53 soniya

69
Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali va Malayziyaning Perlis davlat universiteti o'rtasida qo'shma ta'lim dasturlari amalga oshiriladi

KUALA-LUMPUR, 28-may. /"Dunyo" AA/. Toshkent viloyati hokimining o'rinbosari Otabek Sultanbekov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaga safari davomida Perlis davlat universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda mazkur universitet prorektori Mohd Shukri bilan oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar sohasida O'zbekiston universitetlari bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali bilan hamkorlik aloqalari o'rnatish, metallurgiya, kimyo-texnologiyalari, energetika va mashinasozlik yo'nalishlarida qo'shma ta'lim dasturlarini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. Ikki oliy ta'lim muassasalari o'rtasida professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvini yo'lga qo'yish, hamda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Perlis davlat universitetning elektronika va elektrotexnika, injenering, kimyoviy muhandislik, avtomatizatsiyalash kabi qator sohalarda zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalari faoliyati bilan ham tanishdi.

Perlis davlat universiteti 2001-yilda tashkil etilgan bo'lib, reytingi bo'yicha mamlakatning 17-davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Universitetda elektronika, mexanika, kimyo va fuqarolik muhandisligi kabi sohalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari mavjud.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish