O'zbekiston va BAA o'rtasida talabalar va shifokorlar almashinuv dasturlari yo'lga qo'yiladi
Avgust 03, 2025. 08:27 • 38 soniya
• 131
ABU-DABI, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi diplomatlari Ras Al-Xayma amirligida "RAK Hospital" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Ashendu Pandey bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot davomida BAA tomoniga O'zbekistonda sog'liqni saqlash tizimida o'tkazilayotgan islohotlar, tibbiyot yo'nalishida ta'lim sifatini oshirish, qurilish va shaharsozlik sohalarida amalga oshirilayotgan dasturlar, shu jumladan, "Yangi Toshkent" loyihasi haqida batafsil ma'lumot berildi.
"RAK Hospital" kompaniyasi rahbari mamlakatimizda biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yuqori baholash barobarida, har ikki tomon uchun manfaatli bo'lgan yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Muzokaralar natijasida talabalar va shifokorlar o'rtasida almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish, uy-joy va mehmonxona qurilishi kabi loyihalarini hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi