Logo

O'zbekiston va Vengriya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

Avgust 25, 2024. 07:30 • 37 soniya

216
O'zbekiston va Vengriya mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

BUDAPЕSHT, 25-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi diplomatlari "Doğuş" kompaniyasi bosh operatsion direktori Zafer Arikan o'g'li bilan onlayn shaklda muzokara o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Uchrashuvda migratsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, xususan, mehnat migratsiyasini tashkil etishning asosiy jihatlari, ishchilarni tanlash va joylashtirish jarayonlarini takomillashtirish, shuningdek, ularni yangi mamlakatda moslashuvini qo'llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

"O'zbekistonga bir necha bor bo'lganman va respublika menda nihoyatda ijobiy taassurot qoldirgan. O'zbekistonlik mutaxassislarning yuqori malakasi va mehnatsevarligi ularni xalqaro kompaniyalar uchun muhim hamkorga aylantirmoqda", dedi Zafer Arikan o'g'li.

Muzokaralar yakunida tomonlar migratsiya yo'nalishida qo'shma loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo'yicha muloqotlarni davom ettirish yuzasidan ahdlashib oldilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish