Logo

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Konfutsiy instituti o'qituvchi va talabalari uchun Guanchjou shahrida o'quv kurslari tashkil etildi

Avgust 19, 2025. 07:56 • 44 soniya

117
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Konfutsiy instituti o'qituvchi va talabalari uchun Guanchjou shahrida o'quv kurslari tashkil etildi

GUANCHJOU, 19-avgust. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Suihua xalqaro ta'lim muassasasi tomonidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi Konfutsiy instituti o'qituvchi va talabalari uchun Guanchjou shahrida qisqa muddatli o'quv kurslari tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"Bir makon, bir yo'l" tashabbusi doirasida "Yongzhuang lin" ta'lim markazida tashkil etilgan ushbu kurslarda ishtirokchilar xitoy tili va adabiyoti, madaniyati, tarixi bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamladilar, mamlakatda joriy etilgan ta'lim tizimi, turli yo'nalishlardagi o'quv-uslubiy qo'llanmalar va innovatsion texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, o'quv kurslari davomida xitoy tili, kalligrafiya, rasm chizish bo'yicha jamoaviy musobaqalar o'tkazildi. "Xitoy choy madaniyati" va "Milliy cholg'u asboblar" bo'yicha mashg'ulotlar tashkil etildi. Shuningdek, Guanchjou shahrining madaniyat va san'at muassasalari hamda muzeylariga sayohatlar amalga oshirildi.

O'quv kurslari yakunida uning ishtirokchilari bo'lgan hamyurtlarimizga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish