Londonning moliyaviy markazida O'zbekiston kompaniyalari va banklari uchun korporativ boshqaruv va IPO o'tkazish bo'yicha seminar o'tkazildi
Iyun 21, 2025. 11:50 • 54 soniya
• 44
LONDON, 21-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tizim korxonalari va banklari vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyaning Britaniyaga amaliy safari davom etmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston delegatsiyasining safari davomida Londonning moliyaviy markazi hisoblangan "Canary Wharf"da "Finasia Capital" konsalting kompaniyasi bilan birgalikda "O'zbekiston va Britaniya o'rtasidagi korporativ boshqaruv hamda IPO bo'yicha hamkorlik" mavzusida "workshop" tashkil etildi.
Tadbirda Britaniyaning Biznes va savdo vazirligi, Eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF) mas'ullari hamda "CityUK", "O&M Capital Partners", "A&O Shearman", "STJ Advisors", "Institute of Directors", "Governance Perspectives Ltd", "Conseo Board Review", "ACCA" kabi yirik kompaniyalar vakillari qatnashdi.
Britaniya tomoni O'zbekiston delegatsiyasiga IPO va yevrobondlar chiqarish jarayonida hisobga olinishi lozim bo'lgan omillar, investorlarning talablari va UKEF loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari borasida taqdimot o'tkazdi.
Shuningdek, seminar davomida B2B shaklida uchrashuvlar tashkil etildi. Unda yetakchi konsalting kompaniyalar bilan xalqaro kapital bozoriga chiqishga tayyorgarlikni boshlash bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston delegatsiyasi 17-18-iyun kunlari Londonda bo'lib o'tgan xalqaro debitorlar va obligatsiya investorlari konferensiyasida hamda uning doirasida tashkil etilgan O'zbekiston-Britaniya biznes-forumida qatnashgan edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi