MDHning Minsk shahridagi shtab-kvartirasida Qurolsizlanish masalalari bo'yicha qo'shma maslahat komissiyasining navbatdagi yig'ilishi o'tkazildi
May 15, 2025. 09:35 • 34 soniya
• 60
MINSK, 15-may. /"Dunyo" AA/. MDHning Minsk shahridagi shtab-kvartirasida Qurolsizlanish masalalari bo'yicha qo'shma maslahat komissiyasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Rossiya, Tojikiston vakillari, shuningdek, MDH Ijroiya qo'mitasi xodimlari ishtirok etdi.
Qurolsizlanish masalalari bo'yicha qo'shma maslahat komissiyasi yig'ilishida biologik xavfsizlik masalasini muhokama qildi.
Ishtirokchilar Hamdo'stlikda bioxavfsizlikni ta'minlash masalalari, umuman, ushbu sohadagi vaziyatning rivojlanishini baholash yuzasidan fikr almashdilar.
Tomonlar biologik xavf va tahdidlarga muvofiqlashtirilgan holda kurashishning umumiy vazifasini qayd etdilar.
Qurolsizlanish masalalari bo'yicha qo'shma maslahat komissiyasining navbatdagi yig'ilishi 2025-yilning to'rtinchi choragida Moskva shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi