Logo

Varshava shahrida "Polsha – O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazildi

Dekabr 09, 2024. 01:11 • 41 soniya

1426
Varshava shahrida "Polsha – O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi a'zolari bilan uchrashuv o'tkazildi

VARSHAVA, 9-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida Polsha Seymi va Senatida yangi tashkil etilgan "Polsha – O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi raisi, Mudofaa vazirligi davlat kotibi Pavel Beyda va guruh a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Polsha tomoni O'zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatni barqaror rivojlantirish va demokratik institutlarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlarni yuksak baholadi.

Tomonlar energetika, to'qimachilik va qishloq xo'jaligi kabi ustuvor tarmoqlarda hamkorlikni chuqurlashtirish yo'llarini muhokama qildilar. Polsha-O'zbekiston tematik iqtisodiy forumlarini tizimli ravishda o'tkazish zarurligi ta'kidlandi.

Polsha tomoni ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo'yicha parlamentlararo guruhning 2025-yilda O'zbekistonga tashrifini tashkil qilish, iqtisodiy forumlar o'tkazish va hududlararo aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish