Parijda innovatsion hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi
May 30, 2026. 15:00 • 47 soniya
• 354
PARIJ, 30-may. “Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Nodir Ganiyev Fransiya poytaxtidagi “Station F” innovatsion startap-xabi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif davomida “Station F”ning xalqaro startap-ekotizimdagi o‘rni, shuningdek, O‘zbekiston bilan innovatsion hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar “Station F” va “IT Park Uzbekistan” o‘rtasida innovatsiyalar va startaplar sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yish, shuningdek, o‘zbekistonlik startapchilarni xalqaro akseleratsiya dasturlariga jalb etish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston–Polsha o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi



