O'zbekiston elchisi Polshaning Belostok oliy iqtisodiyot maktabi rektori bilan uchrashuv o'tkazdi
May 25, 2024. 12:27 • 26 soniya
• 144
VARSHAVA, 25-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Belostok oliy iqtisodiyot maktabi rektori Aleksandr Prokopyuk bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

Unda O'zbekiston hududlari va Podlyaskoye voyevodligi o'rtasida ta'lim hamda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, Belostok shahri ishbilarmon doira vakillarining Xorazm va boshqa viloyatlarga savdo missiyasini tashkil qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqdilar.
Bundan tashqari, O'zbekistonda Belostok oliy iqtisodiyot maktabi filialini ochish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Oltoy o‘lkasi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga intilmoqda
O‘zbekiston va Turkiya transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi