Varshava shahrida O'zbekiston va YXHT DIIHB o'rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi
Yanvar 18, 2024. 15:14 • 55 soniya
• 240
VARSHAVA, 18-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo'yicha byurosining (YXHT DIIHB) yuqori martabali xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralar davomida O'zbekiston va YXHT DIIHB o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
DIIHB vakillariga O'zbekiston tomonining inson huquqlari, gender tengligi ta'minlash, jamiyatni demokratlashtirish va boshqa sohalardagi masalalarni birgalikda muhokama qilish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa pozitsiyalarni ko'rib chiqishga tayyorligi va bundan manfaatdorligi ta'kidlandi.
Suhbatdoshlar O'zbekistonda barcha sohalarda, jumladan, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, gender tenglikka erishish, inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli va ortga qaytmas islohotlarning samarali natijalari bilan tanishdilar.
DIIHB xodimlari O'zbekiston tomonining hamkorlikka tayyorligi va ochiqligini hamda respublikaning xalqaro tashkilotlar doirasidagi siyosiy faolligini yuqori baholadi. Ushbu faoliyat mamlakat imiji uchun muhimligi ta'kidlandi.
Byuro vakillariga ko'ra, so'nggi yillarda O'zbekiston inson huquqlari, so'z va e'tiqod erkinligi, ijtimoiy himoya sohasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishdi, shuningdek, bu borada O'zbekiston hukumati bilan konstruktiv muloqot davom etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi