Varshava shahrida O'zbekiston–Polsha ko'p tomonlama formatdagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Yanvar 15, 2024. 19:31 • 35 soniya
• 177
VARSHAVA, 15-yanvar. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi vakillari Polsha Tashqi ishlar vazirligining BMT va inson huquqlari departamenti bo'yicha vazir-maslahatchisi Alisiya Gushkovskaya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.
Polsha tomoniga mamlakatimizda inson huquqlari, gender tengligi, qonun ijodkorligi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida ma'lumot berildi. Ularning asosiy maqsadi O'zbekistonni demokratik huquqiy davlatga aylantirish jarayonini izchil davom ettirish, fuqarolar manfaatlari va huquqlarini har tomonlama himoya qilishni ta'minlashdan iborat ekani ta'kidlandi.
Polsha diplomati O'zbekistonning xalqaro tashkilotlar doirasidagi siyosiy faolligini yuqori baholadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi