Logo

O'zbekiston sportchilari yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlarining ilk kunida ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi

Oktabr 20, 2025. 12:53 • 40 soniya

396
O'zbekiston sportchilari yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlarining ilk kunida ikkita oltin medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 20-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Bahraynning Manama shahrida yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlari bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, ilk kungi bellashuvlar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli o'tdi.

Aniqroq aytadigan bo'lsak, kurash bo'yicha Otabek Yo'ldoshboyev va Durdona Tursunova o'z vazn toifalarida oltin medalni qo'lga kiritdi.

Durdona finalda Qirg'iziston, Otabek esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda mag'lubiyatga uchratishdi.

Ilk kungi bellashuvlar yakunida O'zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o'ringa chiqib oldi. Eronlik sportchilar bittadan kumush va bronza medaliga ega bo'lgan holda ikkinchi, Qirg'iziston esa yagona kumush medalini qo'lga kiritib, kuchli uchlikdan joy oldi.

Bugun O'zbekiston atletlari voleybol, gandbol, kurash va penchak silat sport turlari bo'yicha bahslarga kirishadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish