Logo

O'zbekiston atletlari yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlarida yana 4 ta medalga sazovor bo'ldi

Oktabr 21, 2025. 15:59 • 53 soniya

175
O'zbekiston atletlari yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlarida yana 4 ta medalga sazovor bo'ldi

TOSHKENT, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Avval xabar qilganimizdek, Bahraynning Manama shahrida yoshlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlari bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, Bahraynda o'tayotgan III Osiyo yoshlar o'yinlarining 20-oktyabr kunlari bahslari ham O'zbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Hamyurtlarimiz kurash va penchak silat bahslarida 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamg'arishdi.

Kurash bas'hlarida Madinabonu Karimova, Shohjahon G'olibov, penchak silat bo'yicha janglarda – Nurislom Ro'ziboyev oltin medallarga sazovor bo'ldi. Feruza Bozorova penchak silat sport turida bronza medaliga ega chiqdi.

Bugun o'zbekistonlik sportchilar voleybol va gandbol dasturlarida ishtirok etmoqda.

Xususan, gandbol bahslarida O'zbekiston qizlar terma jamoasi "A" guruhida ikkinchi uchrashuvini o'tkazdi. Afsuski, gandbolchilarimiz mazkur turda Eronga 27:24 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Natijada Eron ikkinchi g'alabasiga erishgan holda "A" guruhida birinchi o'ringa chiqib oldi. Terma jamoamiz esa bittadan g'alaba va mag'lubiyat evaziga uchinchi o'rindan joy oldi.

Voleybol bahslarida O'zbekiston yigitlar terma jamoasi Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish