Logo

O'zbekiston bokschilari Xitoydagi turnirda 3 ta oltin, 1 kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi

Iyul 18, 2025. 14:30 • 29 soniya

21
O'zbekiston bokschilari Xitoydagi turnirda 3 ta oltin, 1 kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi

TOSHKENT, 18-iyul. /"Dunyo" AA/. 10-17-iyul kunlari Xitoyning Szuni shahrida kattalar o'rtasida boks bo'yicha xalqaro turnir bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Yakunda bokschilarimiz musobaqani 3 ta oltin, 1 kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Jumladan, Abdulloh Madaminov, Arman Maxanov, Dilfuza Bekova oltin, Nigina O'ktamova kumush, Samandar Habibullayev, Zilolaxon Yusufova, Muxlisa Xushvaqtova va Rashida Tagirova bronza medaliga sazovor bo'ldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish