O'zbekiston dzyudochilari Dushanbe "Katta dubulg'a" turnirini beshta medal bilan yakunladi
May 05, 2025. 09:30 • 30 soniya
• 69
TOSHKENT, 5-may. "Dunyo" AA/. Tojikiston poytaxtida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" turniri o'z nihoyasiga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning so'nggi kunida +100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda O'tkirbek To'raboyev bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur musobaqani 1 ta kumush va 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi.
Xususan, ayollar bahsida Muhayyo Ahmatova (-52 kg) kumush, erkaklar o'rasidagi kurashda Artyom Shturbabin (-66 kg), Hojiakbar Toshev (-73 kg), Murodjon Yo'ldoshev (-81 kg), O'tkirbek To'raboyev (+100 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi