O'zbekiston yosh gimnastikachilari Bolgariyada o'tkazilgan jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritishdi
Iyun 24, 2025. 15:47 • 27 soniya
• 20
TOSHKENT, 24-iyun. "Dunyo" AA/. Shu yilning 18-22-iyun kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi vakillari ham shohsupaga ko'tarilishdi.
Qiziqarli bahslar yakunida qizlarimiz jamoaviy yo'nalishda bronza medallariga ega chiqdilar. Hamyurtlarimiz musobaqa davomida 141.850 ochko jamg'arishga erishishdi.
Xususan, badiiy gimnastika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatining jamoaviy dasturida Bolgariya birinchi, AQSh ikkinchi O'zbekiston esa uchinchi o'rinni egalladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi