Logo

O'zbekiston eshkak eshuvchilari "Primorye o'lkasi gubernatori kubogi"da sovrindorlar qatoridan joy oldi

Sentabr 26, 2025. 13:08 • 29 soniya

57
O'zbekiston eshkak eshuvchilari "Primorye o'lkasi gubernatori kubogi"da sovrindorlar qatoridan joy oldi

TOSHKENT, 26-sentyabr. "Dunyo" AA. Rossiyaning Primorye o'lkasidagi Partizansk shahrida joylashgan "Olimpiyskaya" eshkak eshish bazasida baydarka, kanoe va "Ajdaho" qayiqlarida eshkak eshish bo'yicha "Primorye o'lkasi gubernatori kubogi" xalqaro musobaqasi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Rossiya, Belarus, Xitoy, Filippin, O'zbekiston va Tojikiston vakillari ishtirok etdi.


Quvonarlisi, O'zbekiston vakillari mazkur musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Jumladan, O'zbekiston sportchilari kanoeda eshkak eshish bo'yicha juftlik va yakkalik bahslarida 200 hamda 500 metr masofaga suzish musoboqalarida kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish