O'zbekiston para-pauerliftingchilari Qohiradagi jahon chempionatida tarixiy natija qayd etdi
Oktabr 20, 2025. 15:27 • 29 soniya
• 176
QOHIRA, 20-oktabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 9-18-oktabr kunlari Misr poytaxti Qohira shahrida para-pauerlifting bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur dunyo birinchiligida 70 dan ziyod mamlakatdan 500 nafardan ortiq sportchi qatnashdi. O'zbekiston terma jamoasi chempionatda munosib ishtirok etdi.
Bellashuvlar davomida atletlarimiz 1ta oltin, 5ta kumush va 3ta bronza medallarini qo'lga kiritdi. Ayollar o'rtasida jamoaviy, aralash jamoaviy dasturda O'zbekiston delegatsiyasi 2-o'rinni egalladi.
Ta'kidlash joizki, musobaqalar davomida paratletlarimizga O'zbekiston elchixonasi vakillari doimiy ravishda hamrohlik qilib, ularga muxlislik qilishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi