O'zbekiston sportchilari III Osiyo yoshlar o'yinlarida 28 ta medal qo'lga kiritdi
Oktabr 27, 2025. 17:55 • 37 soniya
• 51
TOSHKENT, 27-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston atletlari Bahraynda o'tayotgan III Osiyo yoshlar o'yinlaridagi g'alabali odimlarini davom ettirmoq, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston sportchilari 5 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo'lga kiritishdi.
Xususan, Omadbek Otabekov (taekvondo WT, -63 kg), Asadbek Turdiboyev (muay-tay, U15, -51 kg), Muzaffar Norxo'jayev (muay-tay, U17, -54 kg), Parizoda Talabova (yengil atletika, nayza uloqtirish), Anastasiya Silchenkova (yengil atletika, 3000 metr) oltin medallarni qo'lga kiritgan bo'lsa, Asadbek Samandarov (taekvondo WT, -55 kg) kumush medalga sazovor bo'ldi.
Ayni paytda O'zbekiston delegatsiyasi umum jamoa hisobida 14 ta oltin, 5 ta kumush va 9 ta bronza medallari bilan Xitoydan keyin ikkinchi o'rinda ketmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi