Logo

O'zbekiston taekvondochilari Xitoydagi Osiyo chempionatining ilk kunida to'qqizta medal jamg'arishdi

Aprel 30, 2025. 11:36 • 33 soniya

34
O'zbekiston taekvondochilari Xitoydagi Osiyo chempionatining ilk kunida to'qqizta medal jamg'arishdi

TOSHKENT, 30-aprel. /"Dunyo" AA/. Kecha Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning birinchi kunida O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Jumladan, Jasur Jaysunov (-80 kg) va Marat Mavlonov (+87 kg) oltin,

Shahbozbek Tusmatov (-74 kg), Shuhrat Salayev (-87 kg) va Madina Mirabzalova (-57 kg) kumush hamda Yodgor Jo'raboyev (-87 kg), Madina Shoniyozova (-46 kg), Laylo Hasanova (-49 kg) va Shabbona Abduvaliyeva (-57 kg) bronza medallariga sazovor bo'lishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish