Logo

O'zbekiston terma jamoasi a'zosi o'q otish sporti bo'yicha xalqaro turnirda oltin medalni qo'lga kiritdi

Iyul 11, 2025. 16:32 • 26 soniya

456
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi o'q otish sporti bo'yicha xalqaro turnirda oltin medalni qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 11-iyul. /"Dunyo" AA/. Vengriyaning Budapesht shahrida o'q otish sporti bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vladimir Svechnikov oltin medalga ega chiqdi.

Hamyurtimiz 10 metr masofadan to'pponchadan otish bahslarining saralash dasturida 588 ochko jamg'arib, eng yuqori ball bilan finalga yo'l oldi. Medallar uchun kurashda ham yuqori salohiyatini namoyish etib, musobaqa g'olibiga aylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish