O'zbekiston vakillari para pauyerlifting bo'yicha Jahon chempionatida 4 ta medalga sazovor bo'ldi
Oktabr 15, 2025. 20:15 • 50 soniya
• 16
TOSHKENT, 15-oktyabr. "Dunyo" AA/. Misrning Qohira shahrida para pauyerlifting bo'yicha kattalar o'rtasida Jahon chempionati bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Paralimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, chempionatning dastlabki kunida erkaklar o'rtasida 80 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Bekzod Jamilov A finalida muvaffaqiyatli chiqish qilib, jamoamiz hisobiga 2 ta kumush medalni taqdim etdi.
Hamyurtimiz 222 kg natija bilan eng yaxshi ko'rsatkichlar qatorida ikkinchi bo'ldi, bundan tashqari, Bekzod umumiy hisobda 656 kg natija bilan yakunda yana bir kumush medalni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Dunyo birinchiligining ayollar o'rtasidagi 45 kg. vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Nasiba Toshpo'latova "A" finalida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. Ushbu yo'nalishdagi oltin medalni Guo Lingling (Xitoy) qo'lga kiritgan bo'lsa, Tululup Ogundoli (Nigeriya) kumush medalga ega chiqdi.
Ayni damda terma jamoamiz hisobidagi medallar 2 ta kumush va 2 ta bronza jami 4 ta medalni tashkil etmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi