Logo

O'zbekistonlik qilichboz Bogota gran-prisida bronza medalini qo'lga kiritdi

May 12, 2025. 14:26 • 18 soniya

34
O'zbekistonlik qilichboz Bogota gran-prisida bronza medalini qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 12-may. /"Dunyo" AA/. Kolumbiyaning Bogota shahrida qilichbozlikning shpaga yo'nalishi bo'yicha gran-pri turniri bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Vadim Anoxin bronza medalini qo'lga kiritdi.

Vadim saralash bosqichida Isroil, Gonkong, Italiya, Chexiya vakillarini mag'lubiyatga uchratishga erishdi. Biroq yarim finalda qozog'istonlik Ruslan Kurbanovga 14:15 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi o'rin bilan yakunladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish