Logo

O'zbekistonlik qilichboz Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi

Iyun 19, 2025. 13:26 • 33 soniya

21
O'zbekistonlik qilichboz Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi

TOSHKENT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Indoneziyaning Bali shahrida qilichbozlik bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, kecha O'zbekiston terma jamoasi musobaqadagi dastlabki medalni qo'lga kiritdi. Ayollar o'rtasida sablya dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Fernanda Errera bronza medali sohibiga aylandi.

Ta'kidlanishicha, qozog'istonlik Aygerim Saribay bilan kechgan chorak final bellashuvida 8:14 hisobi qayd etilayotgan paytda Errera ajoyib kambek amalga oshirib, yakunda 15:14 hisobida g'alabani ilib ketdi.

 Biroq, final yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan murosasiz kurashda sportchimiz "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori yaponiyalik Misaki Emuraga 13:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish