Logo

O'zbekistonlik ikki nafar yosh polvon yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempioni bo'ldi

Iyul 30, 2025. 16:15 • 28 soniya

28
O'zbekistonlik ikki nafar yosh polvon yunon-rum kurashi bo'yicha jahon chempioni bo'ldi

TOSHKENT, 30-iyul. /"Dunyo" AA/. Gretsiyaning Afina shahrida sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi jahon chempionati boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur dunyo birinchiligida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ham ishtirok etayapti.

Quvonarlisi, yunon-rum kurashi bo'yicha kechgan dastlabki kun bahslaridayoq O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin medalga sazovor bo'ldi.

Xususan, -48 kg vaznda kurashgan Bunyod Hasanov va -80 kg vaznda gilamga chiqqan Abdulaziz Xolmirzayev barcha raqiblarini yengib jahon chempioni degan nomga erishdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish