Logo

O'zbekistonlik velosportchi Polshadagi velotrek bo'yicha xalqaro turnirda bronza medalini qo'lga kiritdi

Dekabr 11, 2023. 16:03 • 27 soniya

134
O'zbekistonlik velosportchi Polshadagi velotrek bo'yicha xalqaro turnirda bronza medalini qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 11-dekabr. /"Dunyo" AA/. Polshada velotrek bo'yicha «Grand Prix Poland UCI 2» musobaqasi o'tkazilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Margarita Misyurina skretch dasturida bronza medalini qo'lga kiritdi. Ushbu dasturda oltin medal mezbon sportchiga nasib etgan bo'lsa, ukrainalik atlet kumush bilan taqdirlandi.

Kecha sportchilarimiz medison va "elimination" dasturlarida startga chiqishdi.

Eslatib o'tamiz, ushbu turnirda Olga Zabelinskaya, Sofiya Karimova va Nafosat Koziyeva kabi velosportchilarimiz ham ishtirok etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish