O'zbekistonlik kurashchilar Vyetnamda o'tayotgan Osiyo chempionatining ikkinchi kunida 1 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi
Iyun 20, 2025. 16:16 • 44 soniya
• 65
TOSHKENT, 20-iyun. /"Dunyo" AA/. Vyetnam mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo'yicha U-17 va U-23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionatida ikkinchi kun bahslari ortda qoldi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, unda yunon-rum va ayollar kurashi bo'yicha bir qator vazn toifalaridagi bellashuvlar tashkil etildi. Murosasiz bahslar davomida O'zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo'ldi.
-63 kg vazn toifasida Husniddin Olimboyev kumush medalni qo'lga kiritdi. -55 kg vazn toifasida Jonpo'lat To'lqinboyev, -87 kg vaznda Rahimjon Uzoqov, -59 kg vazn toifasida Laylo Sobirova, -50 kg vaznda Mushtariy Tolipbekova bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Ahamiyatlisi, musobaqada 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg'argan "klassik" kurashchilarimiz (U-23) umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egallashdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi