Bugun yana uch nafar dzyudochimiz Budapeshtda o'tayotgan jahon chempionatida medallar uchun gilamga chiqadi
Iyun 19, 2025. 16:00 • 27 soniya
• 45
TOSHKENT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Vengriya poytaxti Budapeshtda dzyudo bo'yicha jahon chempionatining so'nggi yettinchi kungi bellashuvlari bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, chempionatning eng og'ir vazn toifasidagi ishtirokchilarga navbat yetib keldi.
Xususan, bugun erkaklar +100 kg, ayollar +78 kg vazn toifalarida o'zaro kuch sinashadi.
Jumladan, O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan milliy terma jamoamiz sportchilari, Muzaffarbek To'raboyev, Alisher Yusupov va Irisxon Qurbonboyeva medallar uchun kurash olib boradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi