Logo

Bugun O'zbekiston atletlari Butunjahon yozgi Universiada o'yinlaridagi ishtirokini boshlaydi

Iyul 17, 2025. 11:44 • 27 soniya

29
Bugun O'zbekiston atletlari Butunjahon yozgi Universiada o'yinlaridagi ishtirokini boshlaydi

TOSHKENT, 17-iyul. /"Dunyo" AA/. Kecha Germaniyaning Reyn-Rur shahrida XXXII Butunjahon yozgi Universiada o'yinlari start oldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston delegatsiyasi bu galgi Universiada o'yinlarida 11 sport turida 18 ta oliy ta'lim muassasalarida tahsil oluvchi 53 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Bugun sportchilarimiz suzish, tennis, badiiy gimnastika va suvga sakrash bo'yicha bahslarda o'z ishtirokini boshlaydi. 

Bellashuvlar Germaniyaning 6 ta shahrida tashkil etilishi belgilangan. Dasturga ko'ra, kecha Duysburg shahrida tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish