Dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining Osiyo chempionatidagi muvafaqqiyatli ishtiroki Indoneziya OAV diqqat markazida
Sentabr 15, 2025. 13:12 • 2 daq
• 51
JAKARTA, 15-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Indoneziya ommaviy axborot vositalari O'zbekiston terma jamoasining Jakartada bo'lib o'tgan dzyudo bo'yicha Osiyo chempionatidagi muvafaqqiyatli ishtirokini keng yoritdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, ushbu mamlakatning "Antara", "Kompas", "Merdeka", "TB news", "Berita", "Media Budaya Indonesia" kabi yetakchi axborot agentliklari sahifalarida o'zbekistonlik yosh dzyudochilarning g'alabasiga bag'ishlangan maqolalar e'lon qilindi.
Nashrlarda 2025-yilning 11-14-sentyabr kunlari Jakarta shahrida dzyudo bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tgani, unda 22 davlatdan 400 dan ortiq sportchi ishtirok etgani xabar qilingan.
Qayd etilishicha, xalqaro musobaqa tashkiliy qo'mitasi a'zolaridan biri Maruli Simanjuntak ushbu chempionat so'nggi o'n yillikdagi eng ko'p ishtirokchi qatnashgan turnir bo'lganini ta'kidladi.
"Bu chempionat medallar uchun kurashishdan tashqari, indoneziyalik sportchilarga jahon tajribasini taqdim etish imkoniyatidir. O'zbekistonni g'alaba bilan tabriklayman. O'zbekistonlik sportchilar g'alabaga bo'lgan aql bovar qilmaydigan irodani namoyon etib, haqli ravishda chempionat peshqadamiga aylandi", – deya Maruli Simanjuntak so'zlaridan iqtisob keltirilgan maqolada.
Indoneziya OAV ma'lum qilganidek, kadetlar o'rtasida O'zbekiston 7 oltin, 3 kumush va 8 bronza medalini qo'lga kiritib, mutlaq chempion bo'ldi. Koreya Respublikasi 3 oltin, 2 kumush va 2 bronza bilan ikkinchi, Qozog'iston 2 oltin, 4 kumush va 8 bronza bilan uchinchi o'rinni egalladi.
"O'smirlar o'rtasidagi musobaqada O'zbekiston 8 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalini qo'lga kiritib, umumiy medallar hisobida yana g'olib chiqdi. Koreya Respublikasi 3 oltin, 2 kumush va 3 bronza medal bilan ikkinchi, Hindiston 2 oltin, 1 kumush va 3 bronza bilan uchinchi o'rinni egalladi. Indoneziya terma jamoasi 1 ta medal bilan 11-o'rinni egalladi", – deyilgan maqolalarda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi