Logo

"Xanchjou-2022": Osiyo o'yinlarining oltinchi kun bellashuvlarida O'zbekiston sportchilari 12 sport turida o'z omadlarini sinovdan o'tkazadi

Sentabr 29, 2023. 11:22 • 47 soniya

90
"Xanchjou-2022": Osiyo o'yinlarining oltinchi kun bellashuvlarida O'zbekiston sportchilari 12 sport turida o'z omadlarini sinovdan o'tkazadi

TOSHKENT, 29-sentyabr. /"Dunyo" AA/. Xanchjoudagi Osiyo o'yinlarining oltinchi kun bellashuvlarida O'zbekiston sportchilari 12 sport turida o'z omadlarini sinovdan o'tkazishadi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, XIX Osiyo o'yinlari o'zining qizg'in pallasiga kirdi.  Xalqaro sport maydonida «Kichik olimpiada» deb nomlagan mazkur musoboqada ishtirok etgan barcha davlat vakillari medallar uchun astoydil kurashayapti. Hech kim osmonlikcha taslim bo'layotgani yo'q. O'z navbatida, O'zbekiston sportchilari ham hech kimdan kam emasliklarini bahslar davomida isbotlab kelayotir. 

Bugun ham vakillarimiz bir qator sport turlarida, jumladan, triatlonda terma jamoamiz a'zosi Aleksandr Kurishov va Arslon Tursunov final bahsida, qilichboz qizlarimiz sablya yo'nalishining chorak finalida Singapur jamoasi bilan yigitlarimi esa shpaga musobaqasining nimchorak bahsida Qirg'iziston bilan kuch sinashadi. 50 metrga brass usulida suzish musobaqalarining saralashida Behruz Ahtamov, 400 metrga erkin suzishda Yegor Petryakov o'z omadini sinab ko'radi. Bokschilarimizdan To'rabek Habibullayev, Lazizbek Mullajonov, Sabina Boboqulova, Sitora Turdibekova navbatdagi janglarini o'tkazadi. 

Bundan tashqari, velosport, sport gimnastikasi, yengil atletika, kibersport, gandbol, basketbol, shaxmat, o'q otish musobaqalarida atletlarimiz O'zbekiston sharafini himoya qiladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish