Diyora Keldiyorova IJF Atletlar komissiyasi a'zoligiga nomzod
Iyun 19, 2025. 07:21 • 27 soniya
• 127
TOSHKENT, 19-iyun. /"Dunyo" AA/. Budapeshtda davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a'zoligi uchun saylov ham o'tkazilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, ovoz berish jarayoni boshlangan. Qayd etilishicha, saylovda akreditatsiyadan o'tgan sportchilargina ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.
E'tiborlisi, nomzodlar orasida "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Diyora Keldiyorova ham bor. Ovoz berish jarayonida unga Darya Bilodid (Ukraina), Ryonosuke Haga (Yaponiya), Natan Kas (Avstraliya) va Keytlin Kuadros (Braziliya) raqiblik qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi