O‘zbekiston mutaxassislari suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha Isroil tajribasini o‘rgandilar

Noyabr 14, 2026. 14:00 • 2 daq

• 113
O‘zbekiston mutaxassislari suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha Isroil tajribasini o‘rgandilar
O‘zbekiston mutaxassislari suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha Isroil tajribasini o‘rgandilar
O‘zbekiston mutaxassislari suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha Isroil tajribasini o‘rgandilar
O‘zbekiston mutaxassislari suv resurslarini barqaror boshqarish bo‘yicha Isroil tajribasini o‘rgandilar

TEL-AVIV, 14-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston vakillari Isroilda suv va yer resurslarini barqaror boshqarish, suv xavfsizligini ta’minlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kineret akademik kollejida “Suv resurslarini barqaror boshqarish uchun transchegaraviy suv hamkorligi: innovatsiyalar, suvni qayta ishlatish va suv xavfsizligi” mavzusida mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv qatnashchilari transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish, suv xo‘jaligini raqamlashtirish, tozalangan oqova suvlarni qayta ishlatish hamda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik delegatsiya 10–11-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Suv muhandisligi va innovatsiyalar bo‘yicha 12-Kineret konferensiyasi va ko‘rgazmasida qatnashdi. Unda suv xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy yondashuvlari, suv resurslarini boshqarishda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish, suvni tozalash va sho‘rsizlantirish, shuningdek, innovatsion muhandislik yechimlarini joriy etish masalalari e’tibor markazida bo‘ldi.

O‘zbekistonlik mutaxassislarning Isroil Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish agentligi (MASHAV) tomonidan tashkil etilgan “Suv va yer resurslarini barqaror boshqarish: Isroil tajribasi, texnologiyalari va amaliy yechimlari” nomli xalqaro o‘quv kursida ishtirok etgani ham hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Dastur doirasida ishtirokchilar suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash hamda ilg‘or Isroil tajribasini o‘z mamlakatlari sharoitiga moslashtirish yondashuvlarini o‘rgandilar.

Yakuniy davra suhbatida suv va yer resurslarini boshqarishning zamonaviy usullarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekistonlik mutaxassislarning ushbu tadbirlardagi ishtiroki suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish sohasidagi xalqaro tajriba bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish