Logo

Rossiyada maktab o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan sport festivalida O'zbekiston atletlari munosib ishtirok etdi

Oktabr 17, 2025. 12:50 • 28 soniya

123
Rossiyada maktab o'quvchilari o'rtasida bo'lib o'tgan sport festivalida O'zbekiston atletlari munosib ishtirok etdi

MOSKVA, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 12-16-oktyabr kunlari Moskva va Moskva viloyatida "Rossiya-Belarus" ochiq xalqaro maktab sporti festivali bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Festivalda Rossiya, Belarus, O'zbekiston va Qozog'iston maktab chempionatlari g'oliblari ishtirok etdi. Unda ishtirok etish uchun Rossiyada yashovchi MDH diasporasi jamoalari taklif etildi.

Musobaqa dasturiga ko'ra, maktab o'quvchilari sportining basketbol, ​​mini-futbol, ​​voleybol, shaxmat, stol tennisi, va kurash turlarida o'zaro bellashdi.

O'zbekiston maktab o'quvchilari bahslarda yurtimiz sharafini munosib himoya qildi va sovrindorlar qatoridan o'rin egallashdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish