O'zbekiston va Qatar o'yinini xitoylik hakamlar boshqarib boradi
Iyun 09, 2025. 13:02 • 48 soniya
• 672
TOSHKENT, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. Ertaga Futbol bo'yicha Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichida so'nggi 10-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur turda Jahon chempionati yo'llanmasini bir tur oldin hal qilgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatar bilan o'ynaydi.
Poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida kechadigan uchrashuv soat 18:45 da boshlanadi. Bahsni xitoylik hakamlar boshqaradi. Bosh hakam Ma Ning, unga qanotlarda Joyu Fei va Jang Cheng yordam beradi. To'rtinchi hakam sifatida Jin Jingyuan, VAR tizimida Fu Ming ishlaydi.
Mazkur o'yindagi hisob futbolchilarimiz uchun hech qanday ahamiyat keasb etmasada, ulardan chiroyli futbol va g'alaba kutib qolamiz.
O'zbekiston va Qatar terma jamoalari 2000-yildan buyon Jahon va Osiyo chempionati saralash bosqichlari, Osiyo chempionati hamda o'rtoqlik uchrashuvlari doirasida jami 16 marta to'qnash kelgan. Ushbu o'yinlarning 9 tasida O'zbekiston g'alaba qozongan, 3 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan. 4 o'yinda esa Qatar jamoasi ustunlikka erishgan.
Mamlakatimiz bosh jamoasi o'rin olgan "A" guruhida, shuningdek, Qirg'iziston – BAA, Eron – KXDR o'zaro bahs olib boradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Rossiya OAV: O‘zbekistonlik shaxmatchi jahon kubogining eng yosh g‘olibiga aylandi
O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi