Logo

Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turnirida "A" guruhidan joy oldi

Iyul 04, 2025. 15:04 • 30 soniya

610
Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi "CAFA Nations Cup" turnirida "A" guruhidan joy oldi

TOSHKENT, 4-iyul. /"Dunyo" AA/. 29-avgustdan 8-sentyabrgacha O'zbekiston va Tojikiston yashil maydonlarida futbol bo'yicha "CAFA Nations Cup" turniri bo'lib o'tadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, bu gal "CAFA Nations Cup" qatnashchilari soni yana ikkitaga ko'paydi. Jumladan, musobaqada mehmon sifatida Malayziya va O'mon terma jamoalari ishtirok etadi. 

Kecha mazkur musobaqaga qur'a tashladi. Unga ko'ra, O'zbekiston milliy terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi. Bosh jamoamiz mazkur guruhda Qirg'iziston, Turkmaniston va O'mon bilan bahs yuritadi. "B" guruhida esa Tojikiston, Eron, Afg'oniston va Malayziya o'zaro o'ynaydi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish