Logo

Og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston vakillari 2 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi

Iyul 09, 2025. 15:52 • 43 soniya

39
Og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida O'zbekiston vakillari 2 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi

TOSHKENT, 9-iyul. /"Dunyo" AA/. Qozog'iston poytaxtida tashkil etilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida kuchlilar saralanmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, musobaqaning ortda qolgan kun bahslari O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o'tdi. Hamyurtlarimiz 2 ta oltin, 10 ta kumush va 8 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Jumladan, Munisbek Davletov, Bekzod G'ofirjonov, Ruslan Rahmatjonov, Muhammadshokir Turdialiyev, Gulshodaxon Dadamirzayeva, Dilnura Xoldorova, Gulshodaxon Dadamirzayeva, Amina Sharipova singari sportchilarimiz o'z vazn toifalarida g'olib va sovrindor bo'ldi

Qit'a chempionatining bugungi musobaqalarida sportchilar 5 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib boradi.

Bugun terma jamoamiz a'zolaridan Omadillo Olimov, Abbosbek Axrolov, Hasanboy Xolmurodov, Qudratbek Salimjonov, Mohinur Esonboyeva va Madina Fayzullayeva yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish